Amir GroupMijoz ilovasi
Do'konlar uchun

Qarzingiz va yuklaringiz har doim telefoningizda

Amir Group bilan ishlaydigan do'konlar uchun ilova. Joriy qarzni, kelgan nakladnoylarni va MM ga bergan naqd pulingizni bir joyda ko'rasiz. Raqamlar 1C dagi hisob bilan bir xil.

Tez kundaGoogle Play Tez kundaApp Store

Ilova tayyorlanmoqda. Chiqqanda MM yoki filialingiz sizga xabar beradi.

MyID orqali kirish PIN yoki barmoq izi Ma'lumot 1C dan
9:41●●● 4G
Assalomu alaykum"Baraka" do'koni
Amir Group oldidagi qarz 12 450 000 so'm
Muddati o'tgan1 200 000
Oxirgi to'lov10.11 · 3 000 000
Dollar hisobida$ 320.00
Qabul kutilayotgan yuklar
№ 0000-004127Jo'natildi
14 xil tovar8 740 000
11.11.2026MM: Sardor
Qabul qildim
AsosiyNakladnoyTo'lovlarKatalog
Ilovada nima bor

Buxgalteriyaga qo'ng'iroq qilmasdan hamma narsani bilasiz

Joriy qarz

Bosh ekranda umumiy qarz, muddati o'tgan qismi va oxirgi to'lov. Dollar hisobidagi qarz alohida qatorda.

Nakladnoylar

Har bir yukning tarkibi: tovar, miqdor, narx va summa. Nakladnoyni PDF ko'rinishda ochib, kerakli odamga yuborasiz.

"Qabul qildim" tugmasi

Yuk kelganda tovarlar ro'yxatini tekshirib, bir tugma bilan tasdiqlaysiz. Vaqt va kim tasdiqlagani saqlanadi.

Naqd to'lov tasdig'i

MM pul olganda telefoningizga so'rov keladi. Siz tasdiqlamaguningizcha to'lov hisobga yozilmaydi.

To'lovlar tarixi

Naqd va o'tkazma to'lovlar sanasi va summasi bilan. Ilovada tasdiqlanganlari yonida MM ismi va 1C hujjat raqami turadi.

Sizning narxlaringiz bilan katalog

Tovarlar sizga belgilangan narxda ko'rinadi. Dolzarb tovarlar va aksiyalar alohida. Zakaz uchun MM ga ilovadan qo'ng'iroq qilasiz.

Naqd to'lov

Bergan pulingiz qarzdan aniq ayiriladi

MM ga naqd pul berganingizda to'lov sizning tasdig'ingiz bilan hisobga tushadi.

  1. MM pulni oladi va ilovasiga kiritadi

    Summa yuborilgandan keyin uni o'zgartirib bo'lmaydi. Xato bo'lsa, MM so'rovni bekor qilib yangisini yuboradi.

  2. Telefoningizga so'rov keladi

    Unda summa, MM ismi, vaqt va to'lovdan oldingi va keyingi qarz ko'rinadi.

  3. PIN yoki barmoq izi bilan tasdiqlaysiz

    Pul berilmagan yoki summa noto'g'ri bo'lsa, "Rad etaman" ni bosib sababini tanlaysiz. MM ga darhol xabar boradi.

  4. Bir daqiqada 1C ga yoziladi

    Kassa kirimi hujjati avtomatik yaratiladi va qarzingiz yangilanadi. Bitta to'lov ikki marta yozilmaydi.

Siz tasdiqlamagan to'lov 1C ga tushmaydi. Shu sababli "pulni berdim, lekin qarzim kamaymadi" holati bo'lmaydi.

Namuna: tugmalarni bosib ko'ring
Qanday boshlash

Ro'yxatdan o'tish shart emas, accountni filial ochadi

Ilovaga faqat Amir Group mijozlari kira oladi. Begona odam sizning hisobingizni ko'ra olmaydi.

  1. Filial account ochadi

    MM yoki filial rahbariga murojaat qiling. Ular do'koningiz uchun telefon raqamingiz va JSHSHIR (PINFL) bilan account ochadi.

  2. Ilovani yuklab oling

    Google Play yoki App Store dan o'rnating. Telefon raqamingizni kiriting va MyID orqali yuzingizni tasdiqlang.

  3. PIN kod o'rnating

    Keyingi kirishlarda PIN kod yoki barmoq izi yetarli. Yangi telefonga o'tsangiz, MyID tasdig'i qayta so'raladi.

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Ilova orqali zakaz bera olamanmi?

Hozircha yo'q. Katalogda narxlarni ko'rasiz va "MM ga qo'ng'iroq qilish" tugmasi orqali zakaz berasiz. Ilovadan zakaz berish keyingi bosqichda qo'shiladi.

Ilovadagi qarz buxgalteriyadagi bilan mos keladimi?

Ha. Qarz, nakladnoy va to'lovlar Amir Group ning 1C bazasidan olinadi. Ilova o'zi hech narsa hisoblamaydi, 1C dagi raqamni ko'rsatadi.

Nega MyID orqali yuzni tasdiqlash kerak?

Ilovada qarz va to'lov ma'lumotlari bor. MyID kirayotgan odam haqiqatan do'kon egasi ekanini tasdiqlaydi: uning JSHSHIR raqami filial kiritgan raqam bilan mos kelishi kerak.

MM pul oldi, lekin so'rov kelmadi. Nima qilaman?

Internet ulanganini tekshiring va ilovani oching: so'rov "To'lovlar" bo'limida ham turadi. Baribir ko'rinmasa, MM dan to'lovni ilovaga kiritganini so'rang.

"Qabul qildim" ni xato bosib yuborsam-chi?

Tasdiqdan oldin tovarlar ro'yxati bilan oyna chiqadi, uni tekshirib oling. Tasdiqlangan qabulni bekor qilib bo'lmaydi. Kamomad bo'lsa, MM yoki filialga xabar bering.

Do'konimda bir nechta sotuvchi ishlaydi. Hammasi kira oladimi?

Hozir har bir do'kon uchun bitta asosiy account ochiladi. Sotuvchilar uchun qo'shimcha accountlar keyingi bosqichda qo'shiladi.